«Barselona»ning sobiq darvozaboni Yasper Sillessen Italiya chempionatiga ko‘chib o‘tishi mumkin. Insayder Ekrem Konur ma’lumotiga ko‘ra, 37 yoshli erkin agentga Turinning «Yuventus» klubi qiziqish bildirmoqda.
Sillessen jarohat olgan Kamil Grabara o‘rniga zaxira darvozaboni sifatida ko‘rib chiqilmoqda. Polyak golkiperi xochsimon bog‘lamidan jarohat olgan va uzoq muddatga safdan chiqqan.
Yasperning so‘nggi klubi Niderlandiyaning NEK jamoasi bo‘lgan. Darvozabonning bozor qiymati 300 ming yevroga baholanmoqda.
O‘tgan mavsumda Sillessen Niderlandiya chempionatida atigi 3 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol o‘tkazib yuborgan.













