Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya 3-0 Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston 4-0 Gonkong

Aguero: «Futbol o‘ynashni sog‘inmayman»

Aguero: «Futbol o‘ynashni sog‘inmayman»

Baho:
+ | -

Argentina terma jamoasining sobiq hujumchisi Serxio Aguero futbol o‘ynashni sog‘inmasligini aytdi.

«Manchester Siti», «Barselona» va boshqa klublarning sobiq futbolchisi 2021 yilda yuragi bilan bog‘liq muammolar sabab professional faoliyatini yakunlagan edi.

«Faoliyatimni yakunlaganimga besh yil bo‘ldi, ammo baxtimga, futbol o‘ynashni sog‘inmayapman.

Ba’zida «Maydonga chiqib, biroz o‘ynasam yaxshi bo‘lardi», deb o‘ylab qolaman. Ammo yo‘q, bu borada hech qanday bezovtalik his qilmayman.

Faoliyatimni yakunladim, hozir juda xotirjam hayot kechiryapman, o‘zimga yoqadigan ishlar bilan shug‘ullanyapman va vaqtimni maroqli o‘tkazyapman.

Jahon chempionati vaqtida FIFA Hospitality elchisi sifatida ishladim va bu menga juda yoqdi. U yerda menga juda yaxshi munosabatda bo‘lishdi.

Hozir yaxshi o‘yinlarni zavq bilan tomosha qilaman va endi maydonga tushmayotganimda hech qanday muammo ko‘rmayman», — dedi Aguero.

Kiritildi: 13:16, 21.09.2026.
O'qildi: 625 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик