Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya 3-0 Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston 4-0 Gonkong

Mourinyo hakamlikdan norozi: «Real»ga teng sharoitda raqobat qilishga imkon berishsin»

Mourinyo hakamlikdan norozi: «Real»ga teng sharoitda raqobat qilishga imkon berishsin»

Baho:
+ | -3

Joze Mourinyoning fikricha, hakamlik qarorlari «Real»ga xalaqit bermoqda.

Bugun madridliklar poytaxt derbisida «Atletiko»ga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi va endi «Barselona»dan 6 ochko ortda qolmoqda.

— Sizningcha, endi chempionlikni qo‘lga kiritish qiyin bo‘ladimi?

— Agar bizni tinch qo‘yishsa va barcha bilan teng sharoitda raqobat qilishimizga imkon berishsa, hali oldinda uzoq yo‘l bor.

Men haddan tashqari uzoqqa borib, hammasi oldindan rejalashtirilgan edi, deb aytishni istamayman. Bunday deb o‘ylashni ham xohlamayman. Men ular shunchaki xato qildi, deb o‘ylamoqchiman.

Murabbiy yoki futbolchi xato qilishi mumkin bo‘lganidek, hakamlar qo‘mitasi ham adashgan, deb o‘ylamoqchiman. Bechoralar shunday vaziyatga hech qachon tushmagan 41 yoshli bir insonni va «Real»ga qarshi juda boy tarixga ega boshqa bir shaxsni tayinlab, xato qilishdi», — dedi «Real» bosh murabbiyi.

Kiritildi: 13:20, 21.09.2026.
O'qildi: 898 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик