«Barselona»ning 19 yoshli markaziy yarim himoyachisi Mark Bernalning yangi shartnomasidagi tovon puli 500 million yevroni tashkil etadi. Bu haqda Mundo Deportivo nashri klubdagi manbalariga tayanib xabar berdi.
Shu tariqa, «Barselona» o‘zining eng istiqbolli yosh futbolchilaridan birining kelajagini kafolatlash va boshqa klublar tomonidan qiziqish bo‘lishi mumkin bo‘lgan taqdirda o‘z manfaatlarini himoya qilishni maqsad qilgan.
Avvalroq yangi kelishuv 2031 yil yozigacha mo‘ljallanishi va futbolchining maoshi oshirilishi xabar qilingan edi.
Bernal «Barselona» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2026/27 yilgi mavsumda u Ispaniya chempionatida 7 ta, UYEFA Chempionlar ligasida esa 1 ta uchrashuvda maydonga tushdi.
Yarim himoyachi hisobida 2 ta golli uzatma bor.













