«Bornmut» yarim himoyachisi Aleks Skott yangi mavsumni omadsiz boshlagan Londonning «Tottenxem» klubi qiziqish doirasiga tushgan. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qildi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining transferi uchun 80-90 million yevro atrofida mablag‘ hamda qo‘shimcha bonuslar talab qilinishi kutilmoqda.
Skottning «Bornmut» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.
Joriy Angliya Premyer-ligasi mavsumida 23 yoshli yarim himoyachi 5 ta uchrashuvda maydonga tushdi. U 1 ta gol urdi va 1 marta sariq kartochka oldi.













