«Manchester Yunayted» Maykl Kerrik bilan yangi shartnoma imzolaganidan so‘ng avvalgiga nisbatan yomonroq natijalar ko‘rsata boshladi.
Klubning sobiq yarim himoyachisi yanvar oyida Ruben Amorim o‘rniga jamoa boshqaruvini qabul qilib olgan edi. O‘tgan mavsum oxirigacha Kerrik qo‘l ostida mankunianliklar 17 ta uchrashuvda har bir o‘yinga o‘rtacha 2,29 ochkodan jamg‘argan.
Shundan so‘ng Kerrik yangi mavsum uchun «Manchester Yunayted»ning to‘laqonli bosh murabbiyi etib tasdiqlandi.
Biroq jamoa chempionatni unchalik muvaffaqiyatli boshlamadi. «Qizil iblislar» dastlabki 5 turda atigi 5 ochko to‘pladi.
Bugun «Manchester Yunayted» «Fulxem» bilan durang o‘ynadi.













