Madridning «Real» klubi darvozaboni Tibo Kurtua Ispaniya La Ligasi 7-turida «Atletiko»dan 1:2 hisobida uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng fikr bildirdi.
Uchrashuv Madriddagi «Sivitas Metropolitano» stadionida bo‘lib o‘tdi. Bahsni Migel Anxel Ortis Aryas bosh hakam sifatida boshqardi.
«Albatta, bu vaziyat kishini xafa qiladi. Ammo o‘yinimizni yaxshilash va bundan keyin ochko yo‘qotmaslik o‘z qo‘limizda», — deb yozdi Kurtua ijtimoiy tarmoqda.
7-turdan keyin «Real» Ispaniya chempionati turnir jadvalida to‘rtinchi o‘ringa tushib qoldi. Jamoa hisobida 15 ochko bor.
«Atletiko» va «Betis» 16 tadan ochko bilan madridliklardan yuqorida joylashgan. Barcha o‘yinlarida g‘alaba qozongan «Barselona» esa «Real»dan 6 ochkoga ilgarilab ketdi.













