Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/09 11:00 Xitoy 3-0 Tailand
26/09 15:30 Yaponiya 1-0 KXDR

Federer Mbappening On brendi bilan shartnoma imzolaganiga munosabat bildirdi.

Federer Mbappening On brendi bilan shartnoma imzolaganiga munosabat bildirdi.

Baho:
+ | -

«Katta dubulg‘a» turnirlarining 20 karra chempioni, shveysariyalik tennischi Rodjer Federer Madridning «Real» klubi va Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappening On brendi bilan shartnoma imzolaganiga munosabat bildirdi. Ushbu brendning hammuassislaridan biri Federerning o‘zi hisoblanadi.

«Kuchli orzu haqida kuchli maktub. Oilamizga xush kelibsan, Kilian», — deb yozdi Federer ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Mbappening yangi kelishuv haqidagi xabarini repost qilib.

Avvalroq «Real» hujumchisi Nike kompaniyasi bilan deyarli 20 yillik hamkorlikni to‘xtatgani, shuningdek, adidas va Puma takliflarini rad etgani ma’lum bo‘lgan edi. The Athletic ma’lumotlariga ko‘ra, endilikda u Shveysariyaning On kompaniyasining shunchaki ambassadori emas — futbolchi biznesdan ulush ham olgan.

Kiritildi: 14:50, 21.09.2026.
O'qildi: 761 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик