Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/09 10:00 Vyetnam 0-2 O‘zbekiston
22/09 10:00 Filippin 2-1 Kuvayt
22/09 15:00 Janubiy Koreya 2-0 Saudiya Arabistoni
23/09 10:30 Xitoy - BAA
23/09 10:30 Eron - KXDR
23/09 15:30 Yaponiya - Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston - Gonkong

Zidan Mbappening pozisiyasini o‘zgartirishga qaror qildi

Zidan Mbappening pozisiyasini o‘zgartirishga qaror qildi

Baho:
+ | -

Kilian Mbappe so‘nggi yillarda markaziy hujumchi pozisiyasida to‘p tepmoqda. U Fransiya terma jamoasida ham Yevro-2024 boshlanganidan beri muntazam ravishda hujum markazida harakat qilib kelyapti. Avval esa Mbappe ko‘proq chap qanot hujumchisi sifatida o‘ynardi.

Fransiya terma jamoasining yangi bosh murabbiyi Zinedin Zidan Mbappening pozisiyasini o‘zgartirishga qaror qildi.

The Touchline RMC Sport ma’lumotiga tayanib xabar berishicha, Zidan allaqachon Mbappega uni markaziy hujumchi emas, balki hujumning chap qanotida ko‘rishni afzal bilishini ma’lum qilgan.

Fransiya terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini 25 sentyabr, juma kuni Millatlar ligasi doirasida safarda Turkiyaga qarshi o‘tkazadi.

Shundan so‘ng Zinedin Zidan jamoasini Belgiya, Italiya va yana Belgiyaga qarshi bahslar kutib turibdi.

Kiritildi: 16:17, 21.09.2026.
O'qildi: 1440 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик