Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/09 10:00 Vyetnam 0-2 O‘zbekiston
22/09 10:00 Filippin 2-1 Kuvayt
22/09 15:00 Janubiy Koreya 2-0 Saudiya Arabistoni
23/09 10:30 Xitoy - BAA
23/09 10:30 Eron - KXDR
23/09 15:30 Yaponiya - Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston - Gonkong

"Atletiko" Mourinyoni hakamlar haqidagi e’tirozlari uchun masxara qildi (+Video)

"Atletiko" Mourinyoni hakamlar haqidagi e’tirozlari uchun masxara qildi (+Video)

Baho:
+2 | -

"Real" Madrid derbisida "Atletiko"ga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Uchrashuvdan so‘ng Joze Mourinyo matbuot anjumaniga ikki bahsli vaziyat aks etgan chop etilgan suratlar bilan keldi. Portugaliyalik mutaxassisning fikricha, ushbu epizodlarda hakam "Atletiko" futbolchilarini maydondan chetlatishi kerak edi.

Ertasi kuni "Atletiko" Mourinyoga o‘ziga xos tarzda javob qaytardi. Madrid klubi ijtimoiy tarmoqlarda video e’lon qildi. Unda printerdan Mourinyoning matbuot anjumani vaqtida olingan surati tushirilgan varaq chop etiladi.

Surat ostiga: "Hakamlarni ta’qib qilishni hoziroq bas qiling", degan yozuv joylashtirilgan.

"Atletiko"dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng "Real" La Liga turnir jadvalida ikkinchi o‘rindan to‘rtinchi pog‘onaga tushib ketdi. Peshqadam "Barselona" Madrid klubidan olti ochko oldinda bormoqda.

Kiritildi: 21:40, 21.09.2026.
O'qildi: 1664 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик