Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/09 10:00 Vyetnam 0-2 O‘zbekiston
22/09 10:00 Filippin 2-1 Kuvayt
22/09 15:00 Janubiy Koreya 2-0 Saudiya Arabistoni
23/09 10:30 Xitoy - BAA
23/09 10:30 Eron - KXDR
23/09 15:30 Yaponiya - Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston - Gonkong

Superligada tanaffus: 23-tur FIFA kunlaridan so‘ng boshlanadi

Superligada tanaffus: 23-tur FIFA kunlaridan so‘ng boshlanadi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasida 22-tur bahslari yakunlandi. Endi chempionatda FIFA kunlari munosabati bilan qisqa tanaffus yuzaga keladi.

Milliy terma jamoalar ishtirokidagi xalqaro uchrashuvlardan so‘ng Superliga bahslari 7 oktyabr kuni 23-tur bilan davom ettiriladi.

Turning dastlabki uchrashuvida chempionat peshqadami "Neftchi" o‘z maydonida "Xorazm"ni qabul qiladi. 9 oktyabr kuni esa birdaniga to‘rtta bahs o‘tkaziladi. Unda "Paxtakor" — "Bunyodkor", "Qo‘qon-1912" — "Mash’al", "Buxoro" — "Andijon" va "Nasaf" — "Dinamo" jamoalari o‘zaro to‘qnash keladi.

10 oktyabr kuni "Qizilqum" "Surxon"ni qabul qiladi. Turga 11 oktyabr kuni OKMK — "Navbahor" hamda "So‘g‘diyona" — "Lokomotiv" uchrashuvlari yakun yasaydi.

Superliga, 23-tur:

7 oktyabr
"Neftchi" — "Xorazm"

9 oktyabr
"Paxtakor" — "Bunyodkor"
"Qo‘qon-1912" — "Mash’al"
"Buxoro" — "Andijon"
"Nasaf" — "Dinamo"

10 oktyabr
"Qizilqum" — "Surxon"

11 oktyabr
OKMK — "Navbahor"
"So‘g‘diyona" — "Lokomotiv"

Uchrashuvlarning boshlanish vaqtlari hozircha belgilanmagan.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 22:23, 21.09.2026.
O'qildi: 1148 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик