Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/09 11:00 Xitoy 3-0 Tailand
26/09 15:30 Yaponiya 1-0 KXDR

Mbappe Nike logotipini butsasida yashirdi (Foto)

Mbappe Nike logotipini butsasida yashirdi (Foto)

Baho:
+ | -

"Real" hujumchisi Kilian Mbappe La Liganing 7-turidan o‘rin olgan "Atletiko"ga qarshi o‘yinda Nike butsasidagi brend logotipini yashirdi. Avvalroq futbolchi kompaniya bilan hamkorlikni yakunlaganini ma’lum qilgan edi.

Madrid derbisida Mbappe to‘liq oq rangdagi Nike Mercurial butsasida maydonga tushdi. Shu bilan birga, u amerikalik brendning firmaviy logotipini ataylab yopib qo‘ygan.

Kylian Mbappe of Real Madrid CF wearing his new boots the LaLiga EA Sports 2026/27 match between Atletico de Madrid and Real Madrid at Riyadh Air...

Detailed view of Kylian Mbappe of Real Madrid On Running football boots before the LaLiga EA Sports 2026/27 match between Atletico de Madrid and Real...

Bu holat futbolchining Shveysariyaning On brendi bilan hamkorligi rasman e’lon qilingan paytga to‘g‘ri keldi. Mbappe nafaqat kompaniya ambassadoriga aylandi, balki uning aksiyadorlari qatoriga ham qo‘shildi.

On brendi avval asosan triatlon va tennisda tanilgan bo‘lib, jumladan Rodjer Federer bilan hamkorligi orqali mashhurlik qozongan.

Endi kompaniya futboldagi ishtirokini ham kengaytirmoqda. Mbappedan tashqari, sobiq futbolchi Tyerri Anri ham brend jamoasi tarkibiga kirgan bo‘lib, u futbol bo‘yicha direktor lavozimini egallab turibdi.

Kiritildi: 22:58, 21.09.2026.
O'qildi: 1376 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик