A Seriya klublari murabbiylari Italiya hakamlar assosiasiyasi vakillari bilan uchrashib, hakamlikka yangicha yondashuvni, xususan VAR tizimi faoliyati va penalti belgilash mezonlarini muhokama qildi.
Yangi yondashuvga ko‘ra, hakamlar o‘yinni kamroq to‘xtatishi va ahamiyati katta bo‘lmagan qoidabuzarliklar uchun penalti belgilashdan tiyilishi kerak. VAR esa faqat yaqqol xatolar sodir etilgan holatlarda aralashadi. To‘qnashuvlar baholanganda esa faqat sekinlashtirilgan takrorlarga emas, balki harakat tezligi va kontakt kuchiga ham e’tibor qaratiladi.
Mavsum boshlanishidan oldin ham hakamlar o‘yinni avvalgiga nisbatan ancha dinamik o‘tkazishga urg‘u berishi, jarima zarbalarini kamroq belgilashi va ayniqsa jarima maydoni ichidagi bahsli holatlarda qoidabuzarlikni qayd etishga shoshilmasligi ma’lum qilingan edi.
Mavsumning dastlabki 50 ta uchrashuvida atigi beshta penalti belgilandi.
A Seriya prezidenti Esio Simonelli yangi yondashuv o‘yindagi faol vaqt miqdoriga ijobiy ta’sir ko‘rsatganini ta’kidladi. Shu bilan birga, ayrim jihatlar hali takomillashtirilishi kerakligini qayd etdi.













