«Galatasaroy»ning sobiq hujumchisi Mauro Ikardi Londonning «Tottenxem» klubi safida paydo bo‘lishi mumkin. Bu haqda TEAMtalk xabar bermoqda.
Manba bergan ma’lumotga ko‘ra, «shporlar» ustozi Roberto De Dzerbi zaxirani kuchaytirish uchun hujumchi nomzodini ko‘rib chiqmoqda. Shu bilan birga, ingliz klubi rahbariyati ushbu transferga qarshi chiqmoqda, chunki ular futbolchi ilgari hech qachon o‘ynamagan Angliya chempionatiga moslasha olmaydi, deb hisoblashmoqda.
«Tottenxem» besh tur yakunlariga ko‘ra APL turnir jadvalining oxirgi, 20-pog‘onasida joylashgan. Jamoa birorta ham g‘alaba qozongani yo‘q va o‘z hisobida ikki ochkoga ega.
33 yoshli argentinalik futbolchi Istanbul jamoasini tark etganidan so‘ng erkin agent maqomida bo‘lib turibdi. Ikardi 2023 yildan beri «Galatasaroy» sharafini himoya qilib kelayotgan edi, bu vaqt ichida u to‘rt bor Turkiya chempionatida zafar quchdi, shuningdek, mamlakat Kubogi va Superkubogini qo‘lga kiritdi. Ilgari hujumchi klub darajasida Italiyada «Sampdoriya» va «Inter», Fransiyada esa «PSJ» sharafini himoya qilgan.













