Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/09 11:00 Xitoy 3-0 Tailand
26/09 15:30 Yaponiya 1-0 KXDR

Kanisares: «Jamoaga foydasidan ko‘ra zarari ko‘proq tegmoqda»

Kanisares: «Jamoaga foydasidan ko‘ra zarari ko‘proq tegmoqda»

Baho:
+ | -

«Real Madrid»ning sobiq darvozaboni Santyago Kanisares madridliklar hujumchisi Vinisius Juniorning o‘yinini keskin tanqid qildi.

«Hozirda ushbu futbolchi, hatto sardorlik bog‘ichiga ega bo‘lishiga qaramay, jamoaga foydadan ko‘ra juda ko‘p zarar keltirmoqda. Himoyada mehnat qilmaydigan bitta futbolchiga chidash mumkin, ammo ikkitasiga — aslo emas. Agar ularga uchinchisi qo‘shilsa, bu shunchaki halokat. Menimcha, bunday xulq-atvor jamoa o‘yinini izdan chiqarmoqda: himoyachilar o‘z jarima maydonchasida himoyalanishiga, yarim himoyachilar esa ortga qaytib, himoyaga yordam berishiga to‘g‘ri kelmoqda. Bunday tizim ishlamaydi», — dedi Kanisares «Tiempo de Juego» ko‘rsatuviga asoslanib Footmercato bergan xabarida.

Joriy mavsumda Vinisius barcha turnirlarda sakkizta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga bitta gol va uchta golli uzatma yozib qo‘ydi.

Kiritildi: 06:49, 22.09.2026.
O'qildi: 906 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик