Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/09 11:00 Xitoy 3-0 Tailand
26/09 15:30 Yaponiya 1-0 KXDR

«PSJ» sobiq futbolchisi Xvicha Kvarasxeliyani tanqid qildi

«PSJ» sobiq futbolchisi Xvicha Kvarasxeliyani tanqid qildi

Baho:
+ | -

«PSJ»ning sobiq futbolchisi Jerom Roten parijliklar hujumchisi Xvicha Kvarasxeliyaning mavsum boshidagi o‘yinini keskin tanqid qildi.

«Men unga qo‘yayotgan e’tirozim — aynan uning kuchli tomoni, ya’ni o‘zini maydonda bag‘ishlashi bilan bog‘liq. Ha, uning o‘yinlar jadvali juda tig‘iz, ammo unda baribir bir necha kunlik dam olish vaqti bor edi. Men undan sport formasining chin cho‘qqisida bo‘lishni talab qilmayapman, biroq gap «Oltin to‘p» haqida ketganda, talabchan bo‘lish kerak. U bu mukofotni oladimi-yo‘qmi, bilmayman, ammo agar sen unga da’vogar bo‘layotgan ekansan, maydonga tushganda darhol o‘z darajangni ko‘rsatishing kerak.

U har doim mukammal, mahsuldor va dahoona o‘yin ko‘rsatishi kerak demoqchi emasman, lekin mavsum boshidan beri, ochig‘ini aytganda, bu umuman unga o‘xshamayapti. Hammasi aytib bo‘lindi», — dedi Roten Footmercato nashriga.

Joriy mavsumda Kvarasxeliya Fransiya chempionatida beshta uchrashuv o‘tkazib, bitta golli uzatma muallifiga aylandi. Ta’kidlash joizki, gruziyalik futbolchi Liga 1 ning ushbu mavsumida birorta ham to‘liq o‘yin o‘tkazmadi.

Kiritildi: 06:51, 22.09.2026.
O'qildi: 773 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик