Mashhur ispaniyalik sport jurnalisti Pako Gonsales «Real»ning La Liganing yettinchi turidagi mag‘lubiyati haqida keskin fikr bildirdi. Kuni kecha Joze Mourinyo jamoasi «Atletiko»ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Qirollik klubi Din Xeysen maydondan chetlatilganidan so‘ng o‘yinni bir kishi kam bo‘lib yakunladi.
«Real»ga zamonaviy murabbiy kerak edi, ular esa o‘n besh yil oldingi murabbiyni — «Real Madrid TV» uchun ssenaristni taklif qilishdi», — dedi Gonsales Mundo Deportivo nashriga.
Yetti turdan so‘ng 15 ochko to‘plagan «Real» Ispaniya chempionatida to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi. Peshqadam «Barselona» olti ochko oldinda bormoqda.













