O‘zbekiston delegasiyasi Yaponiyada davom etayotgan Aichi-Nagoya-2026 XX yozgi Osiyo o‘yinlarida navbatdagi medalni qo‘lga kiritdi.
Aralash jang san’atining an’anaviy yo‘nalishida ayollar o‘rtasida -60 kg vazn toifasida ishtirok etgan Hilola Sobirova kumush medal sohibi bo‘ldi.
Hamyurtimiz final bosqichida Singapur vakili Xun Teoga qarshi bahs olib bordi. Hal qiluvchi to‘qnashuvda raqibiga imkoniyatni boy bergan Sobirova musobaqani ikkinchi o‘rinda yakunladi.
Shu tariqa, Hilola Sobirova Osiyo o‘yinlari vise-chempioniga aylanib, O‘zbekiston delegasiyasi hisobiga yana bir kumush medalni qo‘shib qo‘ydi.













