Londonning «Chelsi» klubi vingeri Estevao jamoa bosh murabbiyi Xabi Alonso qo‘l ostida ishlash haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Har bir murabbiyning o‘z uslubi bor. Albatta, biz har kuni mashg‘ulot o‘tkazamiz va men har kuni bor kuchimni berib ishlayman. «Chelsi»da sifatli o‘yinchilar juda ko‘p, shuning uchun maydonga tushish imkoniyatini olganimda, men ham maksimal darajada o‘zimni ko‘rsatishga harakat qilaman», — deydi Estevao so‘zlarini jurnalist Kaxe Mota.
Ushbu mavsumda 19 yoshli braziliyalik barcha turnirlarni hisobga olganda beshta o‘yinda maydonga tushdi, ammo samarali harakatlar bilan ajralib turmadi.
Beshta turdan so‘ng «Chelsi» yetti ochko jamg‘arib, Angliya chempionati turnir jadvalida o‘ninchi o‘rinni egallab turibdi.













