Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya - Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy - Tailand
26/09 15:30 Yaponiya - KXDR

"Arsenal" Dyokereshni faqat bir shart bilan sotishi mumkin

"Arsenal" Dyokereshni faqat bir shart bilan sotishi mumkin

Baho:
+ | -

Shvesiyalik hujumchi Viktor Dyokeresh qishki transfer oynasida "Arsenal"ni tark etishi mumkin.

Caught Offside xabariga ko‘ra, Dyokeresh "Arsenal"dagi o‘z roliga norozi va yaqinlashib kelayotgan qishda klubdan ketish variantini ko‘rib chiqishi mumkin.

Hujumchiga "Milan", "Yuventus", "Al-Ahli" va "Al-Ittihod" klublari qiziqish bildirmoqda.

Biroq manba ta’kidlashicha, "Arsenal" yangi hujumchi sotib olmaguncha Dyokereshni sotish niyatida emas.

Joriy mavsumda Dyokeresh barcha musobaqalarni hisobga olganda 5 ta o‘yinda maydonga tushdi va hozircha gol yoki golli uzatma bilan ajralib turmadi.

Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, shvesiyalik futbolchining bozor qiymati 65 million yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 16:53, 22.09.2026.
O'qildi: 1193 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик