"Nottingem Forest"ning hujumkor yarim himoyachisi Morgan Gibbs-Uayt Myunxenning "Bavariya" klubiga o‘tishi mumkin. Bu haqda talkSPORT xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, "Bavariya" Millatlar ligasidagi yaqinlashib kelayotgan o‘yinlar uchun Angliya terma jamoasiga chaqiruv olgan 26 yoshli futbolchi uchun asosiy da’vogarlardan biri hisoblanadi.
Agar Gibbs-Uayt Myunxenga ko‘chib o‘tsa, u "Bavariya"da hamyurti Garri Keyn bilan birga to‘p tepadi.
Avvalroq, yarim himoyachini Londonning "Tottenxem" klubi ham o‘z safiga qo‘shib olishni istashi haqida xabar berilgan edi. "Shporlar" futbolchi uchun qariyb 150 million yevro to‘lashga tayyor ekani aytilmoqda.
Joriy mavsumda Gibbs-Uayt Angliya chempionatida 5 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













