«Barselona» va Ispaniya terma jamoasi vingeri Lamin Yamal «Oltin to‘p»ni eng ko‘p gol urgan yoki ko‘proq sovrin qo‘lga kiritgan emas, balki eng yorqin o‘yin ko‘rsatgan futbolchiga berish kerak, deb hisoblaydi.
«Oltin to‘p» eng yaxshi futbolchiga — o‘yinini tomosha qilish qiziq bo‘lgan futbolchiga berilishi kerak. Bu gollar soni yoki boshqa ko‘rsatkichlarga bog‘liq emas.
«Oltin to‘p» haqida o‘ylasam, Messi, Ronaldinyo kabi futbolchilar yodimga tushadi. Ularning o‘yinini tomosha qilganingizda beixtiyor tabassum qilasiz.
Maydonda men futboldan zavq olaman. Baxtimga, «Barselona» bilan ko‘plab sovrinlarni ham qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldim. Yaqinda esa eng muhim sovrin — terma jamoa bilan jahon chempioni bo‘ldim», — dedi Yamal.













