«Tottenxem» himoyachisi Endryu Robertson jamoa Angliya chempionatidagi natijalarini yaxshilashi uchun nimalarni o‘zgartirishi kerakligi haqida fikr bildirdi. «Tottenxem» mavsumning dastlabki besh o‘yinida atigi 2 ochko to‘plab, turnir jadvalida so‘nggi o‘rinni egallab turibdi.
London klubi yozgi transferlar uchun 300 million funt sterlingdan ortiq mablag‘ sarfladi.
«Menimcha, bizga shunchaki biroz omad kerak. Shuningdek, o‘tmish haqida kamroq o‘ylab, oldinga harakat qilishga e’tibor qaratishimiz zarur. O‘ylaymanki, mavsum davomida tobora yaxshiroq bo‘lib boramiz», — dedi Robertson Stick to Football podkastida.
Futbolchi jamoaning o‘yin davomida yuz berayotgan voqealarga qanday munosabat bildirishiga ham e’tibor qaratdi.
«Liverpul»ga qarshi o‘yinda ayrim paytlarda juda yaxshi harakat qildik, ammo gol o‘tkazib yuborganimizdan keyin darhol ruhan tushib ketdik. Hisob tenglashgach, ishonchimiz yana qaytdi va hamma to‘pni olishni istay boshladi. Biz shu holatni doim saqlab qolishimiz kerak — hatto birinchi bo‘lib gol o‘tkazib yuborsak ham yoki o‘yin oxirida hisob 0:0 bo‘lib turgan taqdirda ham. «Everton»ga qarshi bahsda o‘yinni deyarli to‘liq nazorat qildik, ammo oxiriga yaqin asabiylasha boshladik va voqealarni tezlashtirishga urindik», — dedi Robertson.
32 yoshli shotlandiyalik futbolchi 2026 yil yozida «Liverpul»da o‘tkazgan to‘qqiz yillik faoliyatidan so‘ng erkin agent sifatida «Tottenxem»ga qo‘shilgan edi.













