Germaniya futbol ittifoqi (DFB) prezidenti Bernd Noyendorf FIFA rahbari Janni Infantinoning tashkilot boshqaruvini isloh qilish bo‘yicha takliflar aks etgan murojaatini kelasi yilgi saylovda qayta saylanishini ta’minlashga qaratilgan urinish deb baholadi.
Bir kun avval Infantino FIFAga a’zo bo‘lgan barcha 211 ta assosiasiyaga maktub yo‘llab, qaror qabul qilish jarayonini mustaqil tekshiruvdan o‘tkazish hamda konfederasiyalar, milliy assosiasiyalar va boshqa manfaatdor tomonlar bilan maslahatlashuvlar o‘tkazishni taklif qilgan edi.
«Men Janni Infantinoning bu maktubini kelasi yili qayta saylanishini ta’minlashga qaratilgan ochiq-oydin urinish deb hisoblayman. Infantino islohotlar jarayoniga rahbarlik qilishi kerak bo‘lgan inson emas. U o‘ziga bo‘lgan barcha ishonchni yo‘qotdi», — deya Noyendorfning so‘zlarini Al Jazeera keltirdi.
FIFA prezidenti saylovi 2027 yil mart oyida o‘tkazilishi kutilmoqda. Infantino yana bir muddatga o‘z nomzodini qo‘yishni rejalashtirgan.













