«Trabzonspor» Germaniya terma jamoasining sobiq himoyachisi Jerom Boateng bilan hamkorlik qilish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda Ajansspor xabar berdi.
Boateng jamoaning yangi bosh murabbiyi Tomas Raysning yordamchilaridan biri bo‘ladi. Nemis mutaxassisi sentyabr oyi o‘rtalarida Fotih Tekke o‘rnini egallagan edi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, Boateng yaqinda Trabzon shahriga kelib, klub prezidenti Ertug‘rul Dog‘an boshchiligidagi rahbariyat bilan uchrashuv o‘tkazgan.
Boateng 2024/25 yilgi mavsumdan so‘ng futbolchilik faoliyatini yakunlagan. U faoliyati davomida, jumladan, «Bavariya» sharafini himoya qilgan va myunxenliklar bilan ikki marta Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan, shuningdek, to‘qqiz bor Germaniya chempioni bo‘lgan.













