Himoyachi Leni Yoro «Manchester Yunayted»ning uzoq muddatli loyihasidagi asosiy futbolchilardan biri maqomidan mahrum bo‘lishi mumkin.
Ingliz klubi fransuz futbolchisini 2024 yil yozida «Lill»dan 62 million yevro evaziga sotib olgan, yana 8 million yevro bonuslar sifatida ko‘zda tutilgan edi. Biroq joriy mavsumda 20 yoshli futbolchi barcha musobaqalarda atigi ikki marta asosiy tarkibda maydonga tushdi. Premyer-liga uchrashuvlarida bosh murabbiy Maykl Kerrik ko‘proq Xarri Maguayr va Lisandro Martinesga ishonch bildirmoqda.
CaughtOffside ma’lumotiga ko‘ra, «Manchester Yunayted» bir nechta markaziy himoyachi nomzodini ko‘rib chiqmoqda. Ular orasida «Everton» futbolchisi Jarrad Brantueyt, «Shtutgart»dan Finn Yelch va «Lechche» himoyachisi Tiagu Gabriel bor. Brantueytning transfer qiymati taxminan 80 million funtga baholanmoqda.
Shunga qaramay, mankunianliklar hozircha Yorodan voz kechish niyatida emas. Yaqin oylar uning kelajagi uchun hal qiluvchi ahamiyat kasb etishi mumkin. Fransuz futbolchisi o‘ziga beriladigan imkoniyatlardan foydalanib, murabbiylar shtabi ishonchini qayta qozonishi kerak.













