Bristol va Oksford universitetlari olimlarining qo‘shma komissiyasi tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, yozgi Jahon chempionati davomida oziq-ovqat mahsulotlarining 65 722 ta reklamasi namoyish etilgan.
Tadqiqot mualliflarining ta’kidlashicha, gap tarkibida yog‘, tuz va shakar bo‘lgan mahsulotlar — ya’ni sport va sog‘lom turmush tarziga unchalik mos kelmaydigan barcha narsalar haqida bormoqda. Ushbu mahsulotlar reklamasi umumiy hisobda 28 soat davomida namoyish etilgan bo‘lib, bu turnirning jami o‘yin vaqtining 16 foizini tashkil etadi.
derbyderbyderby.it nashrining aniqlik kiritishicha, hisob-kitoblarni tizimlashtirish sun’iy intellekt yordamida amalga oshirilgan.













