«Manchester Yunayted» muxlislarining hafsalasi pir bo‘lishi ortib bormoqda — Maykl Kerrik, o‘tgan mavsumning ikkinchi yarmidagi muvaffaqiyatlarga qaramay, normal o‘yin ko‘rsata olmayapti.
Qizig‘i shundaki, klub ishqibozlari sobiq murabbiy — Ruben Amorimni sog‘ina boshlashdi. Har holda, ijtimoiy tarmoqlarda Amorimni qaytarishni talab qiluvchi heshteg ommalashib bormoqda. derbyderbyderby.it xabariga ko‘ra, undan 125 mingdan ortiq marotaba foydalanilgan.
Eslatib o‘tamiz, portugaliyalik mutaxassis «Manchester Yunayted»ni 2024 yilning kuzidan 2026 yilning yanvar oyigacha boshqargan. Hozirda u Italiyaning «Milan» klubi bosh murabbiyi hisoblanadi.













