"Nyu-Inglend Revolyushn" futbolchisi Karles Xil 2026 yilgi "Oltin to‘p"ni kim qo‘lga kiritishi kerakligi haqida fikr bildirdi.
"Messi maydonga tushib turgan ekan, uni bu sovringa nomzod sifatida ko‘rsatish mumkin. U boshqalar qila olmaydigan ishlarni amalga oshiradi. Ispaniyaning jahon chempionligini qo‘lga kiritgani yaxshi bo‘ldi, chunki bu da’vogarlar doirasini kengaytiradi. Shaxsan men "Oltin to‘p"ni Keynga berish kerak, deb hisoblayman", — deya ispaniyalik futbolchining so‘zlarini AS keltirdi.
Nufuzli individual sovrinni topshirish marosimi 26 oktyabr kuni Angliyaning London shahrida bo‘lib o‘tadi.













