Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/09 10:00 Vyetnam 0-2 O‘zbekiston
22/09 10:00 Filippin 2-1 Kuvayt
22/09 15:00 Janubiy Koreya 2-0 Saudiya Arabistoni
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya 3-0 Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston 4-0 Gonkong

«Siti» darvozasiga uchta gol urgan Brobbey Niderlandiyaning yangi asosiy hujumchisi bo‘lishni ko‘zlamoqda

«Siti» darvozasiga uchta gol urgan Brobbey Niderlandiyaning yangi asosiy hujumchisi bo‘lishni ko‘zlamoqda

Baho:
+ | -

Brayan Brobbey «Manchester Siti»ga qarshi xet-trik qayd etganidan so‘ng faoliyatidagi eng yaxshi haftalardan birini o‘tkazmoqda. «Sanderlend» hujumchisi jamoasi «Etihad»da 3:5 hisobida mag‘lub bo‘lganiga qaramay, BBC tomonidan kamdan-kam beriladigan 10/10 bahoga loyiq ko‘rildi.

«Bu men olgan birinchi 10 ballik baho», — dedi Brobbey ESPN’ga.

Niderlandiyalik futbolchi o‘z o‘yinidagi keskin o‘sishni jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy Patrik Vurst bilan olib borgan batafsil video-tahlil ishlari bilan bog‘ladi. Ular to‘pni qabul qilishdan oldin himoyachilarning joylashuvini kuzatish ustida ishlagan.

«Raqibingdan tezroq va aqlliroq bo‘lishing kerak», — dedi Brobbey.

Xavi Ernandes Niderlandiya terma jamoasini qabul qilib olgan bir paytda, Doniell Malen, Memfis Depay va Vaut Vegxorst kabi asosiy hujumchilar tarkibda yo‘q. Shu bois Brobbey milliy jamoaning yangi asosiy hujumchisi bo‘lish uchun imkoniyatga ega.

«Men shu yerdaman. Hozir yaxshi formadaman, shuning uchun buni ko‘rsatishga umid qilaman», — dedi Brobbi.

Kiritildi: 13:23, 23.09.2026.
O'qildi: 490 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик