Shved markaziy hujumchisi Viktor Dyokeresh Londonning «Arsenal» klubidagi o‘z mavqeidan norozi. Skandinaviyalik futbolchi yanvar oyidagi transfer oynasida jamoasini o‘zgartirishi mumkin.
Daily Briefing nashrining xabar berishicha, hujumchining agenti «Milan», «Yuventus», «Al-Ahli» va «Al-Ittihod» klublari bilan dastlabki muzokaralarni o‘tkazib bo‘lgan.
Dyokeresh «kanonirlar» safiga o‘tgan yilning yozida Lissabonning «Sporting» klubidan kelib qo‘shilgan edi, biroq jamoaning asosiy markaziy hujumchisiga aylana olmadi. Ushbu mavsumda Mikel Arteta germaniyalik Kay Xaversga ishonch bildirmoqda.
Viktorning bozor qiymati 65 million yevroni tashkil etadi. Uning shartnomasi 2030 yilning iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan.













