«Borussiya» va «Bavariya»ning 32 yoshli sobiq himoyachisi Rafael Gerreyruga «Roma» qiziqish bildirmoqda. Bu haqda TUTTOmercatoWEB xabar bermoqda.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, Italiyaning «Roma» klubi hozirda erkin agent bo‘lib turgan portugaliyalik futbolchini taklif qilishdan manfaatdor. Futbolchini o‘z jamoasida ko‘rishni rimliklar bosh murabbiyi Jan Pyero Gasperini shaxsan xohlamoqda. Shuningdek, Gerreyruga Gresiyaning «Olimpiakos» klubi tomonidan ham qiziqish mavjud.
Gerreyru 2023 yildan 2026 yilgacha «Bavariya» sharafini himoya qilgan. O‘tgan mavsumda himoyachi barcha turnirlarni inobatga olgan holda 29 ta o‘yinda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 6 marotaba ishg‘ol qilgan va o‘z hisobiga 3 ta golli uzatmani yozib qo‘ygan.













