UYEFA prezidenti Aleksander Cheferin FIFAning Jahon chempionati huquqlarining bir qismini xususiy qo‘llarga sotish qarori bilan bog‘liq janjaldan so‘ng jahon futboliga bo‘lgan ishonch hali tiklanmaganini aytdi. Avvalroq FIFA rahbari Janni Infantino ushbu rejalar amalga oshirilmasligini ma’lum qilgan edi.
«Hamma ham o‘yinni o‘z ambisiyalaridan ustun qo‘yavermaydi. Bizning sport turimizga bo‘lgan ishonch uchta ustunga asoslanadi: jipslik, shaffoflik va kamchilikka emas, ko‘pchilikka xizmat qiladigan boshqaruv. Oxirgi vaqtlarda ushbu prinsiplarni himoya qilishga qasam ichgan odamlar tomonidan har uchala tamoyil ham e’tiborsiz qoldirildi. Jahon futbolining birligini parchalagan loyiha yopilishi mumkin, ammo u tomonidan putur yetkazilgan ishonchni qaytarib bo‘lmaydi va endilikda bizning vazifamiz uni tiklashdan iborat. Agar o‘yinni boshqarayotganlar uni kim uchun boshqarayotganliklarini yodda tutsalar, o‘yin xavfsiz bo‘lib qolaveradi», — dedi Cheferin Reuters nashriga.













