«PSJ» sport direktori Luish Kampush ushbu mavsumda jamoa qatorasiga uchinchi marta Chempionlar ligasi titulini qo‘lga kiritishga intilayotganini aytdi.
«Men bunga umid qilaman va g‘alabaga bo‘lgan tashnalik hech qayerga yo‘qolmaganini his qilyapman.
Klubda birgalikda ishlash istagi va jamoa manfaatlarini hamma narsadan ustun qo‘yishga tayyorlik hamon kuchli», — dedi Kampush Portugal Football Summit Podcast podkastida.













