Fransiyaning «PSJ» klubi rossiyalik darvozaboni Matvey Safonov o‘zini dunyoning eng yaxshi darvozaboni deb hisoblamasligini tan oldi. Avvalroq Safonov 2026 yil yakunlariga ko‘ra dunyoning eng yaxshi darvozaboni mukofotiga nomzodlar ro‘yxatiga kiritilgan edi.
«Men uchun yilning eng yaxshi darvozaboni nominasiyasiga tushishim unchalik katta sir emas edi. Menda orzu yo‘q, chunki orzu — bu erishib bo‘lmaydigan narsa.
O‘tgan mavsumda menda dunyoning top-5 darvozabonlari qatoriga kirish maqsadi bor edi. Bu mening maksimal maqsadim edi, undan narigisini o‘ylamagandim. Agar hozir top-5 talikka kirsam, demak, o‘tgan yilgi maqsadimni bajargan bo‘laman. Lekin o‘zimni eng yaxshi deb atamayman», — dedi Safonov «Chempionat» muxbiri Andrey Pankovga.













