«Volfsburg» rasmiy sayti orqali yarim himoyachi Kristian Eriksen bilan shartnoma bekor qilinganini ma’lum qildi. Tomonlar 2027 yil o‘rtasiga qadar amal qilishi kerak bo‘lgan kelishuvni muddatidan oldin tugatishga o‘zaro kelishib oldi.
Germaniya klubi xabar berishicha, shartnomani bekor qilish tashabbusi futbolchining o‘ziga tegishli.
"Uning kelajagi borasidagi qarorni o‘zi qabul qilishi biz uchun aniq edi. Bunday alohida vaziyatda unga tanlov erkinligini berishni istadik va shartnomani bekor qilish haqidagi iltimosini qanoatlantirdik", — dedi «bo‘rilar» sport direktori Diter Xeking.













