«An-Nasr» va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Uelsga qarshi Millatlar ligasi 1-tur uchrashuvi oldidan o‘ziga bildirilgan tanqidlarga javob qaytardi. O‘yin 24 sentyabr, payshanba kuni bo‘lib o‘tadi.
«Men 100 foiz ochiq gapira olmayman... Siyosiy jihatdan to‘g‘ri fikr bildirishim kerak. Odatda, meni har doim juda yaxshi kutib olishganini aytaman, ammo ba’zi odamlar menga hujum qilishni yaxshi ko‘radi. Ayrim telekanallar meni yo‘q qilishga urinayotganini tushunaman, lekin buni faqat sochma o‘qli miltiq yordamida amalga oshirish mumkin. Hatto shunda ham men o‘qdan qochib qolaman.
Odamlar meni yoqtirmasligiga allaqachon ko‘nikib ketganman, ammo bunga hech narsa qila olmayman. «Dragau» stadionida raqobat tufayli bu yaqqol sezilgandi... Ammo odamlar meni yoqtirmasligi meni xafa qilmaydi», — deb Ronalduning so‘zlarini Record nashri keltirdi.
Ronaldu 2003 yildan buyon Portugaliya terma jamoasi sharafini himoya qilib kelmoqda. Futbolchi milliy jamoa tarkibida 2016 yilgi Yevropa chempionatida g‘olib chiqqan, shuningdek, ikki marta Millatlar ligasida chempion bo‘lgan.













