Mashhur sobiq hujumchi Tyerri Anri 2010 yilda Nyu-Yorkdan 15 million dollarga sotib olgan apartamentlarini sotishga qaror qildi.
Va u ushbu bitimdan daromad olishni ko‘zlamoqda — hozirda u aslida bir-biriga ulangan ikkita xonadondan iborat bo‘lgan uyni (maydoni deyarli 1000 kvadrat metr) 25 million dollarga sotmoqda. Bu haqda The Wall Street Journal nashriga tayanib derbyderbyderby.it xabar beradi.
Eslatib o‘tamiz, 2010 yilda Anri «Barselona»ni tark etib, Amerika Qo‘shma Shtatlarining «Nyu-York Red Bullz» klubiga o‘tgan edi. O‘shanda u Manxettendan o‘zi uchun xonadon xarid qilgan edi.













