Niderlandiya terma jamoasi bosh murabbiyi Xavi Ernandes Xans-Diter Flikning «Barselona»dagi faoliyati haqida nimalar o‘ylayotganini aytib berdi.
Germaniyalik mutaxassis 2024 yilning yozida «ko‘k-anorranglilar» ustozi lavozimida ispaniyalik murabbiyning o‘rnini egallagan edi.
«Flik ajoyib ish olib bormoqda va buni ko‘rib juda xursandman. Biz ham ushbu «Barsa»ga, ushbu futbolchilar avlodining yorqin kelajagiga o‘z hissamizni qo‘shganmiz. Biz hamisha «Barsa»ning ishtirokini kuzatib boramiz», — dedi Xavi Barca Universal nashriga.
Flik qo‘l ostida Kataloniya grandi ikki mavsumda beshta sovrinni, jumladan, La Liganing ikkita chempionlik unvonini qo‘lga kiritdi.
Xavi 2021 yilning kuzidan beri «Barselona» murabbiyi bo‘lib ishlagan va joriy yilning avgust oyida Niderlandiya terma jamoasini boshqarishni boshlagan edi.













