Kirish Ro'yxatdan o'tish

Xoland Norvegiyada sabzi sotuvining oshishiga sababchi bo‘lgan bo‘lishi mumkin

Xoland Norvegiyada sabzi sotuvining oshishiga sababchi bo‘lgan bo‘lishi mumkin

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» va Norvegiya terma jamoasi hujumchisi Erling Xoland, aftidan, o‘z mamlakatida sabzi sotuvining keskin oshishiga hissa qo‘shdi. Bu haqda talkSPORT xabar bermoqda.

Norvegiyalik ovqatlanish bo‘yicha mutaxassis Iselin Sagenning ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yilning iyul oyida sabzi sotuvi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan taxminan 25 foizga oshgan. Jami bo‘lib taxminan 600 tonna ko‘proq sabzi sotilgan.

Sagen ushbu sabzavot ommabopligining oshishini Xoland ishtirokidagi reklama kampaniyasi bilan bog‘ladi. Jahon chempionatining har bir o‘yini oldidan Norvegiyada futbolchining yuk mashinasida yurgani va sabzi yeyayotgani aks etgan rolik namoyish etilgan.

«Bu aynan uning tufayli sodir bo‘lganini isbotlay olmayman. Ammo Xoland — Norvegiyada juda katta o‘rnak bo‘la oladigan shaxs va u ushbu kampaniyaning markazida bo‘ldi», — dedi Sagen.

Joriy mavsumda Xoland APLning 5 ta o‘yinida 5 ta gol urib, to‘purarlar ro‘yxatida peshqadamlik qilmoqda.

Kiritildi: 07:06, 24.09.2026.
O'qildi: 750 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик