Germaniya terma jamoasi va "Bavariya"ning sobiq futbolchisi Lotar Matteus yaqinlashib kelayotgan "Oltin to‘p" taqdirlash marosimi haqida fikr bildirdi.
"Katta shov-shuv asosan ikki futbolchi – Yamal va Mbappe atrofida bo‘lmoqda. Keyn yoki Olisedan esa bunday balandparvoz gaplarni eshitmadim. Rodri yetarlicha aqlli futbolchi, u bu sovrinni avval ham yutgan. U ham hozircha sukut saqlamoqda", – dedi Matteus. Uning so‘zlarini "Sport1.de" keltirdi.













