O‘zbekiston delegasiyasi Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlarida navbatdagi oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Akademik eshkak eshish bo‘yicha yengil vaznli sportchilar o‘rtasidagi juftlik (LM2x) bahsida Shahzod Nurmatov va Sobirjon Safaraliyev marraga birinchi bo‘lib yetib keldi.
Joriy yilgi jahon chempionatida ham zafar quchgan hamyurtlarimiz Osiyo o‘yinlarida ham o‘z ustunligini namoyish etib, delegasiyamiz hisobiga qimmatli oltin medalni qo‘shib qo‘ydi.













