Argentinaning «River Pleyt» klubi darvozaboni Santyago Beltran Yevropaning bir qator top-klublari e’tiboriga tushgan.
Insayder Ekrem Konurning xabar berishicha, 21 yoshli golkiperga «Manchester Yunayted», «Chelsi», «Inter» va «Portu» qiziqish bildirmoqda.
Beltranning shartnomasidagi tovon puli 2027 yil oxiriga qadar 21 million yevroni tashkil etadi.
«River Pleyt» kelasi yili futbolchini sotish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor.
Beltran 2025 yil yanvaridan beri «River Pleyt» safida o‘ynab kelmoqda.
Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil dekabr oyi oxiriga qadar mo‘ljallangan.













