«PSJ» yarim himoyachisi Fabian Ruis «Oltin to‘p» uchun kurashda kimlarni asosiy raqobatchilar deb bilishi haqidagi savolga javob berdi.
"Ko‘plab futbolchilar ajoyib mavsum o‘tkazdi. 30 nafar nomzodning barchasi bu ro‘yxatdan shunchaki o‘rin olmagan. Ular orasida ushbu sovringa loyiq futbolchilar ko‘p. Ammo «Oltin to‘p» men bilan bir jamoada o‘ynaydigan sheriklarimdan biriga nasib etsa, yanada yaxshi bo‘lardi.
Men ularni raqib deb bilmayman. Ular mening jamoadoshlarim, shuningdek, nomzodlar safidan o‘rin olishga va sovrinni qo‘lga kiritishga loyiq futbolchilardir", — deya futbolchining so‘zlarini keltiradi AS nashri.













