«Liverpul»ning 18 yoshli vingeri Rio Ngumoa Ispaniya, Xorvatiya va Chexiyaga qarshi Millatlar ligasi uchrashuvlari uchun Angliya terma jamoasiga chaqirildi. Shundan so‘ng futbolchi bosh murabbiy Tomas Tuxelning qarori haqida fikr bildirdi.
"Menimcha, uning meni terma jamoaga chaqirish qarori menga ishonishi va meni tezkor hamda serg‘ayrat futbolchi deb bilishini ko‘rsatadi.
Endi men unga keyingi yig‘inlarga ham chaqirilishim kerakligini va jamoaga foyda keltira olishimni yana bir bor isbotlashim lozim", — deya Ngumoaning so‘zlarini keltiradi Independent.













