17 yoshli angliyalik yarim himoyachi Karim Kassim «Manchester Siti»dan «Manchester Yunayted»ga o‘tdi. Bu haqda The Athletic jurnalisti Lori Uituell xabar berdi.
«Yunayted»da Karim asosiy tarkib futbolchisiga aylanishi mumkin, deb hisoblashmoqda va ushbu transferni yosh iqtidorlarni jalb qilish bo‘yicha maqsadli ishlarning bir qismi sifatida baholamoqda. Bu 15 yoshli Jey-Jey Gabrielning jamoadan ketishi kutilgani fonida amalga oshdi. Shuningdek, undan avval «Siti» akademiyasidan Tayler va Jek Fletcherlar hamda Charli Maknill kabi futbolchilar «Yunayted» safiga qo‘shilgandi», — deb yozdi Uituell.
Karim Kassim «Manchester Siti»dan «Manchester Yunayted»ga erkin agent sifatida o‘tdi. Yarim himoyachi 2025/26 yilgi mavsumda barcha turnirlarda 13 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urgan.













