Ispaniya terma jamoasi va Madridning «Real» klubi markaziy himoyachisi Din Xyoysen «Oltin to‘p» mukofotiga loyiq ko‘rgan nomzodini ochiqlagisi kelmadi.
Mukofot uchun asosiy da’vogarlardan sifatida Xyoysen bilan mos ravishda terma jamoa va klubda birga o‘ynaydigan Lamin Yamal va Kilian Mbappe tilga olinmoqda. 21 yoshli futbolchi ular o‘rtasida tanlov qilishdan bosh tortdi.
«Men tanlov qilmoqchi emasman. «Oltin to‘p»ga nomzod qilib ko‘rsatilgan jamoadoshlarimdan har biri g‘alabaga loyiq — xoh u terma jamoadoshim bo‘lsin, xoh «Real»dagi sherigim. Munosib da’vogarlar juda ko‘p», — deydi Xyoysen Madrid Zone manbasiga.
«Oltin to‘p»ni topshirish marosimi 26 oktyabr kuni London shahrida bo‘lib o‘tadi. Ushbu voqeadan ropa-rosa bir oy oldin Ispaniya terma jamoasi Millatlar ligasi doirasida «Uembli»da Angliyaga qarshi bahs olib boradi.













