Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/09 11:00 Xitoy 3-0 Tailand
26/09 15:30 Yaponiya 1-0 KXDR

Ernanes: «Nima uchun Pulishich o‘ynamayotganiga tushunmayapman»

Ernanes: «Nima uchun Pulishich o‘ynamayotganiga tushunmayapman»

Baho:
+ | -

Rimning «Lasio» klubi sobiq yarim himoyachisi, braziliyalik Ernanes hayratda — u «Milan» Kristian Pulishichning xizmatlaridan yanada faolroq foydalanishi kerak deb hisoblaydi. Shuningdek, Ernanes Ruben Amorim klub rulida uzoq qolmaydi degan fikrda.

«Men Pulishichni maydonga tushirmaydigan «Milan»ning navbatdagi murabbiyi bilan jiddiy gaplashib olmoqchiman. Uni tarkibdan tashqarida qoldirishga aslo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. U xavf tug‘diradi: «Milan»ning «Lasio» va «Lechche»ga qarshi o‘yinlardagi barcha xavfli vaziyatlari aynan uning tufayli yuzaga keldi. Pulishich o‘ynashi kerak — dribling, zarbalar, golli uzatmalar, gollar, kreativlik — u maydonda bo‘lishga majbur», — deydi Ernanes pianetamilan.it nashriga.

Pulishich 2023 yildan beri A Seriyada to‘p surib kelmoqda.

Kiritildi: 04:32, 25.09.2026.
O'qildi: 639 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик