"Barselona"dan "Ayaks"ga ijara asosida o‘tgan darvozabon Mark-Andre ter Shtegen kataloniyaliklarning joriy mavsumdagi natijalari haqida fikr bildirdi.
Xans-Diter Flik boshchiligidagi "Barselona" mavsumni juda kuchli boshladi. Jamoa dastlabki sakkizta uchrashuvning barchasida g‘alaba qozondi. Bu o‘yinlarda kataloniyaliklar 36 ta gol urib, o‘z darvozasidan atigi 8 ta to‘p o‘tkazib yubordi.
"Hozirgi "Barselona"ni to‘xtatib bo‘lmaydi. Ular shu tarzda davom etishini tilayman. Jamoa Flik boshchiligida ajoyib ish olib bormoqda. Hozir boshqa klubda o‘ynayapman va o‘z vazifalarimga e’tibor qaratganman. Shunga qaramay, "Barselona"ni kuzatishda davom etyapman va klubga doimo muvaffaqiyat tilayman", — dedi 34 yoshli darvozabon.
Payshanba kuni ter Shtegen Germaniya terma jamoasi safida 2025 yil iyun oyidan beri ilk bor maydonga tushdi. U Niderlandiyaga qarshi uchrashuvda ajoyib o‘yin ko‘rsatib, raqibning 9 ta zarbasini qaytardi.













