UEFA Millatlar ligasi guruh bosqichining birinchi turida Portugaliya terma jamoasi Uelsni 1:0 hisobida mag‘lub etdi.
Uchrashuvdan so‘ng Portugaliya yulduzi Krishtianu Ronaldu ijtimoiy tarmoqda g‘alabaga munosabat bildirdi.
"Olg‘a, Portugaliya! Birinchi qadam tashlandi", — deb yozdi 41 yoshli hujumchi.
Ronaldu Uelsga qarshi bahsda 67 daqiqa maydonda harakat qildi va shundan so‘ng almashtirildi.
Portugaliya Millatlar ligasidagi navbatdagi uchrashuvini 27 sentyabr, yakshanba kuni safarda Norvegiya terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi.













